Siyosat
Oliy Majlis Senatining yigirma to‘rtinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.
Senatorlar Oliy Majlis Senatining yigirma to‘rtinchi yalpi majlisi kun tartibi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2021-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi axborotini eshitishdan boshladi.
Ushbu masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov maruza qilmoqda.
“Avvalambor, Ukraina atrofidagi vaziyat O‘zbekistonda jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. Ikkinchidan, O‘zbekiston vaziyatga tinch yo‘l bilan yechim topish va mojaroni siyosiy diplomatik vositalar yordamida hal qilish tarafdori. Buning uchun, birinchi navbatda, harbiy harakatlar, zo‘ravonliklar zudlik bilan to‘xtatilishi zarur.
O‘zbekiston tarixan ham Rossiya Federasiyasi bilan, ham Ukraina bilan an’anaviy ko‘p qirrali aloqalarga ega. Va biz har ikki mamlakatlar bilan o‘z milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettiramiz.
Biz bugungi og‘ir kunlarda Ukrainaga gumanitar yordam beramiz va hozirgi og‘ir vaziyatni inobatga olib gumanitar yordam yuborishda davom etamiz.
O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Ukrainaning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yahlitligini tan oladi. Biz Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olmaymiz.
Yana 300 ga yaqin fuqarolarmiz Ukrainada qolgan. Ularga biz yordam berib turibmiz, lekin yo‘lini topib, albatta, O‘zbekistonga qaytaramiz”, dedi Abdulaziz Komilov.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q