Jamiyat
TikTok kompaniyasiga Oʻzbekistonda oʻz vakolatxonasini ochish boʻyicha taklif berildi. Bu haqida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 16-mart kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov TikTok kompaniyasi vitse-prezidenti Teo Bertram bilan onlayn uchrashuv oʻtkazgan. Shuningdek, uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi va Davlat personallashtirish markazi masʼul xodimlari ham ishtirok etgan.
TikTok bugungi kunda dunyoning koʻplab mamlakatlarida yirik loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Kompaniya vakillari Oʻzbekistonda ham shunday loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirgan. Shuningdek, uchrashuv davomida Oʻzbekistonda platformadan foydalanuvchilarning xavfsizligini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablarini bajarish masalalari ham muhokama qilingan.
Kompaniya vakillari platforma orqali tarqaladigan har xil Oʻzbekiston qonunlariga zid materiallar tarqalishining oldini olish boʻyicha hamkorlikda ishlashga tayyor ekanligini bildirilgan.
Shu bilan birga, AKT vazirligi tomonidan oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish maqsadida, kompaniya vakillariga Oʻzbekistonda oʻz vakolatxonasini ochish boʻyicha takliflar berilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q