Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-mart kuni Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlar kun tartibi va Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.
Jahon iqtisodiyotidagi inqirozli hodisalarning salbiy oqibatlarini kamaytirish maqsadida yaqindan hamkorlikni davom ettirish va saʼy-harakatlarni samarali muvofiqlashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Ikki tomonlama savdo hajmining oʻsish surʼatini taʼminlash, sanoat, energetika, qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat va toʻqimachilik tarmoqlari, transport va logistika sohalarida yirik kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, madaniy-gumanitar almashinuv dasturi doirasidagi qoʻshma tadbirlarni faol oʻtkazish muhimligi qayd etildi.
Muloqot yakunida davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan bahoriy ayyom – Navroʻz munosabati bilan bir-birini chin dildan qutlab, birodar xalqlarimizga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladilar.
Suhbat har doimgidek ochiq va doʻstona ruhda oʻtdi.
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Sport
Jamiyat
Siyosat
112459
Jamiyat
95125
Jamiyat
91367
Jamiyat
76042
Jamiyat
//
Izoh yo‘q