Jahon
Bu haqda Tass axborot agentligi ma’lum qildi.
Qirolicha Yelizavetta II vafot etganda yuz berishi mumkin bo‘lgan tartibsizlikning oldini olish maqsadida 10 kunlik favqulodda chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
Unda ko‘plab mamlakatlardan keluvchi odamlar oqimi sabab, shuningdek, terrorchilik xavfining kuchayish ehtimoli tufayli maxsus xizmat vakillari yuqori darajada tayyorgarlik holatida bo‘lishi ta’kidlangan.
Xabar berilishicha, hujjatda qirolichaning o‘limi kuni «D» deb nomlangan bo‘lib, hodisadan bir necha soat o‘tgach, bosh vazirga, vazirlar mahkamasi kotibiga va huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlariga monarxning o‘limi to‘g‘risida xabar berilishi ko‘zda tutilgan.
Shu bilan birga, qirollik oilasi veb-sayti qora rangga o‘zgarishi, Buyuk Britaniya bosh vaziri va bir qator yetakchi vazirliklar joylashgan London markazidagi Uaytxoll ko‘chasida bayroqlar tushirilishi, motam va monarxning o‘limini tasdiqlovchi qisqa bayonot ham berilishi ta’kidlangan.
Avvalroq Yelizaveta II ning sog‘lig‘i xavf ostida ekani haqida xabar bergan edik.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q