
Jamiyat
Prezident “Nuroniylarni har tomonlama qoʻllab- quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.
Unga koʻra xodimning pensiya yoshiga toʻlgani munosabati bilan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish tartibi taqiqlanadi.
Hujjatda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda xodimning pensiya yoshiga toʻlganligi munosabati bilan ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilishni taqiqlash boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirildi.
2022-yil 1-sentyabrga qadar xalqaro tajribadan kelib chiqib, mamlakatda faol qarish indeksini joriy etish belgilandi.
Shuningdek, “Bir nuroniy oʻn yoshga masʼul” tamoyili asosida mahallalarda hayotiy va katta amaliy tajribaga ega boʻlgan obroʻ-eʼtiborli nuroniylar va ziyolilarni ishsiz, tarbiyasi ogʻir va muammoli yoshlarga biriktirish orqali ularni jamiyat uchun foydali insonlar boʻlib yetishishlariga koʻmaklashish dasturlari ishlab chiqiladi.
Jahon
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q