Oʻzbekistonda keksalar uchun bir qator imtiyozlar beriladi

Saqlash
15:19 / 16.03.2022 790 0

“Nuroniylarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan 2022-yil 1-apreldan boshlab Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va yolgʻiz yashaydigan keksalar har yili bir marotaba sanatoriylarda bepul sogʻlomlashtiriladi.

 

Shuningdek:

jamgʻarma mablagʻlari hisobidan sharoiti ogʻir va kam taʼminlangan keksalarga shifokorlarning retseptlariga asosan 3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib dori vositalari, tibbiy va maxsus protez-ortopediya moslamalari olib beriladi hamda jarrohlik amaliyotlarining xarajatlari qoplanadi;

 

jamgʻarma mablagʻlari hisobidan ogʻir tashxisli kasalliklari hamda nogironligi boʻlgan keksalarga shifokorlarning retseptlariga muvofiq, 3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib dori vositalarining 50 foizigacha boʻlgan summasi kompensatsiya qilinadi. Bunda, dori vositalarining roʻyxati Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishiladi hamda Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligining qarori qabul qilingan kundagi dori vositalarining tegishli summasi kompensatsiya qilinadi;

 

jamgʻarma mablagʻlari hisobidan keksalarning jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishidagi muassasalarda (stadion, sport zallari, basseyn va boshqa sport majmualari) jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishlari uchun abonement xarajatlari qoplanadi. Bunda, abonement xarajatlarining bir oylik summasi bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravaridan oshmagan holda sport yoʻnalishidagi muassasalarning hisob raqamiga oʻtkazib boriladi;

 

jamgʻarma mablagʻlari hisobidan davlat teatrlari va muzeylariga keksalar uchun chipta narxlari toʻliq qoplab beriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//