Rossiyaning bugʻdoy va shakarga qoʻygan cheklovlari Oʻzbekistonga taʼsir qiladimi? Vazirlik javob berdi

Saqlash
09:03 / 16.03.2022 1172 0

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi ushbu savolga javob berdi. Qayd etilishicha, respublikada aholi va korxonalarning talabini uzluksiz, yetarli miqdorda va barqaror narxlarda bugʻdoy, un, shakar mahsulotlari bilan taʼminlash hamda ichki bozorlarda narxlarning keskin oʻzgarishini oldini olish toʻliq taʼminlangan.

 

Xususan, 2021-yil bugʻdoy hosili mavsumida 6 mln. 656 ming tonna bugʻdoy yetishtirilgan boʻlib, shundan 2 mln. 533 ming tonnasi respublika don zahiralari uchun jamgʻarilgan, 4 mln. 123 ming tonnasi fermer va aholi ixtiyorida qolgan.

 

Oʻtgan yil yakuniga qadar 2 mln. 771 ming tonna bugʻdoy doni va 357,7 ming tonna un xususiy sektor tomonidan asosan Qozogʻiston Respublikasidan import qilingan hamda 26,8 ming tonna bugʻdoy doni va 949,1 ming tonna un eksport uchun yoʻnaltirilgan.

 

Shuningdek, 2022-yilda aholini shakar mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlash maqsadida respublikamizda 600 ming tonna shakar mahsulotlari ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

 

Oʻtgan yil yakuniga qadar 23 ming tonna shakar va 620 ming tonna shakar xomashyosi Braziliyadan import qilingan. Oʻz navbatida, 25 tonna shakar eksportga yoʻnaltirilgan. Rossiya Federatsiyasi tomonidan bugʻdoy va shakar eksportiga qoʻyilgan cheklovlar Oʻzbekistonga taʼsir qilmaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish