Jamiyat
Oʻzbekiston xorijiy sayyohlar uchun ochilmoqda. Respublika komissiyasi qaroriga koʻra, 2022-yilning 16-mart kunidan boshlab Oʻzbekistonda:
Tegishli tartibda emlanganlik sertifikati yoki pasportiga ega boʻlgan xorij fuqarolari PZR test natijasisiz Oʻzbekistonga kirishi mumkin. Bunday sertifikat yo pasportga ega boʻlmagan taqdirda, respublikaga tashrif buyurishidan kamida 72 soat oldin topshirilgan koronavirus infeksiyasiga PZR test boʻyicha manfiy natijali maʼlumotnomaga ega boʻlishi (elektron QR-kod), yoki chegara oʻtish punktlarida ekspress-antigen test topshirishi kerak boʻladi;
Oʻzbekistonning Qozogʻiston bilan chegarasida joylashgan oʻtkazish punktlari orqali Qozogʻiston fuqarolari va Oʻzbekiston fuqarolarining harakatlanishiga doir vaqtincha cheklovlar bekor qilindi;
Oʻzbekistonning Tojikiston bilan chegarasida joylashgan oʻtkazish punktlari orqali Tomonlar fuqarolarining harakatlanishiga doir vaqtincha cheklovlar bekor qilindi hamda barcha oʻtkazish punktlari faoliyati qayta tiklanmoqda.
Oʻzbekistonga kirish uchun xorijiy fuqarolarga elektron vizani rasmiylashtirish va berish tizimi (E-VISA) faoliyati qayta tiklanib, ishga tushirilmoqda.
Xorijiy davlatlardan kelayotgan sayyohlarga tezkor va sifatli maʼlumot almashinuvi boʻyicha xizmat koʻrsatish maqsadida TIVning Call markazini yoʻlga qoʻyiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q