Samarqandda 40 yoshli erkak onasiga tazyiq oʻtkazib kelayotgani aniqlandi

Saqlash
22:11 / 15.03.2022 775 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida 76 yoshli ayolga oʻgʻli tomonidan tazyiq oʻtkazilib, nafaqa pullari olib qoʻyilayotgani haqida xabarlar tarqalgan. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot kotibi maʼlumot berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, Facebook ijtimoiy tarmogʻida Samarqand shahri Buyuk ipak yoʻli koʻchasida yashovchi L.Plaksinaning oʻgʻli tomonidan unga tazyiq oʻtkazilib, nafaqa pullari olib qoʻyilayotgani, uning oʻzi shifoxonada yotgani va unga yordam zarurligi boʻyicha jamoatchilik faollari tomonidan murojaat yoʻllangan. Holat shahar boʻyicha IIO FMB xodimlari tomonidan atroflicha oʻrganib chiqilgan.

 

Oʻrganishlar natijasida Buyuk ipak yoʻli koʻchasida istiqomat qiluvchi 1946-yilda tugʻilgan fuqaro L.Plaksinaning farzandi –1980-yilda tugʻilgan D.P. muntazam ravishda spirtli ichimliklar isteʼmol qilib, onasi bilan doimiy janjallashib kelayotgani maʼlum boʻlgan. Kelgusida L.Plaksinaga qilinishi mumkin boʻlgan tazyiq va zoʻravonliklarning oldini olish maqsadida unga himoya orderi berilib, oila profilaktika inspektorining doimiy nazoratiga olingan.

 

D.P. bilan kelgusida bu kabi harakatlarni sodir etmasligi yuzasidan yakka tartibdagi profilaktik suhbat oʻtkazilgan. Ayolning sogʻligʻini tekshirish maqsadida u tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//