Iqtisod
Moliya vazirligi Oʻzbekistonda rasmiy ish haqi miqdori boʻyicha statistik maʼlumotlarni eʼlon qildi.
Unga koʻra, 2021-yilda 4 685 900 nafar fuqaro oʻz oyligidan soliq toʻlagan. Ulardan 42,6 foizi – byudjet, 57,4 foizi esa nobyudjet tashkilotlar xodimlaridir.
Oyliklar kesimida oʻzbekistonliklarning koʻpchiligi 1 million soʻmgacha boʻlgan oylik oladi – 1 616 800 odam.
Ikkinchi oʻrinda 2 milliondan 4 milliongacha oylik oladiganlar – 1 157 400 nafar odam. 1 130 100 nafar kishi 1 milliondan 2 milliongacha ish haqi oladi.
5 million va undan koʻproq ish haqi esa 513 200 nafar xodimga beriladi. 268 400 ta xodim 4 milliondan 5 milliongacha maosh olishi qayd etildi.
2021-yilda jismoniy shaxslar daromadidan kelib tushadigan soliqlar 18,9 trln soʻmni tashkil qilgan, oʻsish koʻrsatkichi 3,8 trln soʻmni tashkil qiladi.
2020-yilning noyabr oyida ish haqidan soliq toʻlaydiganlar soni 4 422 900 nafar boʻlganini hisobga olsa, oʻsish 456 900 kishini tashkil qildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q