Jahon
Koronavirusning yangi toʻlqini yer yuzi aholisining eng katta qismi yashaydigan Xitoyda boshlanmoqda. Bu yerda aniqlanayotgan yangi holatlar «omikron»ning VA.2 mutatsiyasini tashkil etyapti.
Xususan, mamlakatda oʻtgan kuni 1,5 mingga yaqin kishida ushbu variant aniqlangan. Birgina Szilin provinsiyasida 900ga yaqin odam infeksiyani yuqtirgan. Shanxay va Shenchjen shaharlarida ham xastalikka chalinganlar soni oshmoqda.
Shundan kelib chiqib Xitoy hukumati kasallik yanada keng tarqalmasligi uchun qatʼiy cheklovlarni joriy qilmoqda. Bemorlar bilan aloqada boʻlganlar majburiy karantinga olinyapti. Baʼzi hududlarda esa «lokdaun» eʼlon qilingan.
Shuningdek, VA.2 Yevropaning qator mamlakatlarida ham faol tarqala boshladi. Oqibatda Buyuk Britaniya, Belgiya, Shveysariya va Niderlandiyada soʻnggi kunlarda kasallanishlar soni yana oʻsa boshlagan.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, yangi shtamm «omikron»dan ham yuqumliroq. Eng yomoni, unga chalinganda kasallik nisbatan ogʻir asoratlar bilan kechishi mumkin. Ayniqsa, u bemorning oʻpkasini zararlashi kuzatilyapti.
Qolaversa, ushbu virus mutatsiyasiga tashxis qoʻyish birmuncha murakkab. U koʻp hollarda odatdagi PZR testlarida namoyon boʻlmaydi. Shu sababli VA.2 allaqachon “yashirin shtamm” nomini olgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q