
Jamiyat
Respublika Gidrometeorologiya markazi 16-mart, chorshanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida maʼlumot berdi.
Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Momaqaldiroq paytida shamolning tezligi sekundiga 12-15 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-7, kunduzi 13-15 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik boʻlib, tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 1-6 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, bu kuchayish momaqaldiroq paytida sekundiga 25-28 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, bu kuchayish momaqaldiroq paytida sekundiga 25-28 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, bu kuchayish momaqaldiroq paytida sekundiga 25-28 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 18-23 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.
Respublikamizning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik boʻladi (yomgʻir, qor yogʻadi). Baʼzi joylarda tuman tushishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 18-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q