Jamiyat
Buxoro shahrida joylashgan “Moxi Xossa” tugʻruqxonasida 23 yoshli ayol vafot etgani toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot xizmati holatga munosabat bildirib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini maʼlum qildi.
Aniqlanishicha, Buxoro shahrida yashagan ayol (1999-yilda tugʻilgan) 9-mart kuni tugʻish uchun kasalxonaga kelib, egizak farzandlarni dunyoga keltirganidan ikki kun oʻtib, vafot etgan.
Marhumaning oʻlimi sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Hozirda Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Iqtisod
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
112527
Jamiyat
95186
Jamiyat
91644
Jamiyat
76148
Jamiyat
//
Izoh yo‘q