Jamiyat
Navroʻz bayrami munosabati bilan yoʻlovchilar uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida 19–26-mart kunlari Toshkent va Samarqand shaharlararo qoʻshimcha poyezdlar qatnovi amalga oshiriladi. Bu haqida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” xabar qildi.
Qayd etilishicha, shu kunlari Toshkent–Samarqand–Toshkent yoʻnalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” poyezdlari qoʻyiladi.
Eslatib oʻtamiz, 21–23-mart kunlarida ichki yoʻnalishdagi yoʻlovchi poyezdlar uchun bayram chegirmalar mavjud:
nafaqaxoʻrlar, nogironlar, 1941–1945-yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolarga chiptaning tarif qismidan – 50 foiz;
oliy oʻquv yurtlarining talabalari, maktab oʻquvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DS, DB maxsus taʼlim muassasalari talabalariga chiptaning tarif qismidan – 15 foiz;
oilaviy boʻlib poyezdga chiqsa (ikki yoki undan ortiq kishi – eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha boʻlgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga toʻlmagan bolasi boʻlgan ona) (nikoh guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda) chiptaning tarif qismidan – 15 foiz;
bir jamoa, guruh boʻlib poyezdga chiqsa (4 kishidan ortiq - yoʻriqnoma asosida) chiptaning tarif qismidan – 15 foiz;
“Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yoʻlovchilarga chiptaning tarif qismidan – 10 foiz.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q