Navroʻzga bagʻishlangan ijodiy tanlov eʼlon qilindi. Gʻolibga yirik miqdordagi pul mukofoti beriladi

Saqlash
16:03 / 14.03.2022 1138 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi “Assalom, Navroʻz – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!” shiori ostida tanlov eʼlon qildi.

 

Tanlov

“Eng yaxshi ijtimoiy rolik”;

 

“Eng yaxshi sheʼr ijrosi” (video material shaklida);

 

“Eng yaxshi fotosuratlar” nominatsiyalarida oʻtkaziladi.

 

Tanlovga taqdim etilgan har bir material hayʼat aʼzolari tomonidan besh ballik tizim boʻyicha mavzuning dolzarbligi, Navroʻz umumxalq bayramining ijtimoiy ahamiyati, mamlakatimizda “Assalom, Navroʻz – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!”, degan bosh gʻoya asosida millatlararo doʻstlik va totuvlik muhitini mustahkamlash, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida xalqimiz hayotida yuz berayotgan ijobiy oʻzgarishlar ochib berilganiga koʻra baholanadi.

 

Tanlovda 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qatnashishlari mumkin. Ijtimoiy rolik va sheʼr ijrolari 3-5 daqiqadan oshmasligi, FullHD (1920x1080) formatida boʻlishi, fotosuratlar 5 tadan kam boʻlmasligi, 4Mp (2272x1704)dan katta boʻlishi kerak.

 

Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ishlar @Navruz2022_tanlov_bot telegram-botida 2022-yil 25-martgacha qabul qilinadi. Ijodiy ishlar “Navroʻz-2022” tanloviga» deb koʻrsatilgan holda yuborilishi lozim.

 

Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ishlarga muallifning faoliyati toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot, tugʻilganlik guvohnomasi yoki pasport nusxasi, yashash manzili va bogʻlanish telefon raqami ilova qilinadi. Belgilangan talablariga mos boʻlmagan materiallar tanlovda ishtirok etmaydi.

 

Nominatsiyalar boʻyicha gʻolib va sovrindorlarga quyidagi miqdorda pul mukofotlari topshiriladi:

“Eng yaxshi ijtimoiy rolik” nominatsiyasi boʻyicha:

1 ta 1-oʻrin uchun — 30 mln. soʻm;

 

2 ta 2-oʻrin uchun — 20 mln. soʻmdan;

 

3 ta 3-oʻrin uchun — 10 mln. soʻmdan.

 

“Eng yaxshi sheʼr ijrosi” va “Eng yaxshi fotosuratlar” nominatsiyalari boʻyicha:

1 ta 1-oʻrin uchun — 20 mln. soʻm;

 

2 ta 2-oʻrin uchun — 10 mln. soʻmdan;

 

3 ta 3-oʻrin uchun — 5 mln. soʻmdan.

 

Gʻoliblarga mukofotlar 2022-yil 1-aprel kuni topshiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish