Bu ham biz uchun juda katta imkoniyat, yangi bozorlar degani – Prezident “Cotton Campaign” oʻzbek paxtasiga boykotni bekor qilgani haqida

Saqlash
22:02 / 11.03.2022 914 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yigʻilishi davom etmoqda.

 

Yigʻilishda Shavkat Mirziyoyev mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun ochilayotgan yangi imkoniyatlarni qayd etdi.

 

“Soʻnggi besh yilda qishloq xoʻjaligi sohasidagi islohotlarimiz samarasini berib, “Cotton Campaign” kuni-kecha Oʻzbekistonni «qora roʻyxati”dan chiqardi. Bu ham biz uchun juda katta imkoniyat, yangi bozorlar degani.

 

Buning hisobiga isteʼmol mahsulotlarining xom-ashyosini olib kelib, ularni qayta ishlash orqali qoʻshimcha 1,5 mlrd dollarlik mahsulotni bemalol eksport qilsa boʻladi», dedi davlatimiz rahbari.

 

Shu bois, xom-ashyoni olib kelib, tayyor mahsulot chiqargan va uni chetga sotadigan (bojxona hududida qayta ishlovchi) korxonalarga apreldan boshlab:

 

- eksportchilar uchun berilayotgan barcha imtiyozlar tatbiq etiladi;

 

- loyihalari doirasida texnik-iqtisodiy asos, mahsulot sertifikati, bojxona toʻlovlari taʼminoti talab etilmaydi;

 

- ruxsatnoma berish muddati 3 barobar qisqaradi, 1 yil davomida ishlab kelayotganlariga ruxsatnoma har bir kontraktiga emas, balki korxona faoliyatiga beriladi;

 

- olib kelgan dastgohlari uchun bojxona bojlari undirilmaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//