Iqtisod
Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov hamda Rossiya bosh vaziri oʻrinbosari Dmitriy Chernishenko ikki mamlakat oʻrtasida turistik oqimni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi rejani imzoladi. Bu haqida Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi maʼlum qildi.
Rejaga muvofiq Rossiya va Oʻzbekistonda turizm yilini oʻtkazish, “Buyuk ipak yoʻli” transchegaraviy turistik marshrutini ishga tushirish, qishki, gastronomik, ekstremal va boshqa turdagi sayohatlar uchun turpaketlarni ishlab chiqish koʻzda tutilgan. Shuningdek, ikki mamlakat talabalari uchun ham sayohatlar tashkil etiladi.
«Oʻzbekistonda turizm, avvalambor, oʻziga xos arxitektura va tarixga ega shaharlar — Buxoro, Samarqand, Xiva, mehmondoʻst xalqi, tengi yoʻq oshxonasi… Rossiya ham qarzdor boʻlib qolmaydi, bizda ham Oʻzbekiston aholisi uchun taklif etadigan narsalar bor. Bular Uzoq Sharq hududlari — Kamchatka, Saxalin, Altay, Rossiyaning markaziy qismlaridagi tarixiy shaharlar va hokazo», deydi Chernishenko.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Madaniyat
112390
Jamiyat
95051
Jamiyat
91252
Jamiyat
75962
Jamiyat
//
Izoh yo‘q