Avtomobil oldi-sotdi shartnomasini notarial tasdiqlash narxi kamaytirildi

Saqlash
23:59 / 09.03.2022 2020 0

Qonunchilik palatasining yalpi majlisida “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilindi.

Qayd etilishicha, ushbu qonun loyihasi bilan mamlakatimizda bir qator davlat bojlari kamaytiriladi. Jumladan, 2021-yil dekabr oyidan beri kutilayotgan ikkilamchi bozordan avtomobil xarid qilinganda uni boshqa shaxs nomiga notarial rasmiylashtirishda toʻlanadigan davlat boji stavkalari pasaytirilishi belgilanmoqda.

Qonun loyihasiga koʻra, transport vositasi dvigateli quvvatining ot kuchi va ishlab chiqarilgan sanasidan qatʼi nazar, uning oldi-sotdi shartnomasini notarial tasdiqlash narxi BHMning 3 barobari (810 ming soʻm) etib belgilanmoqda.

 

Taklif etilayotgan ushbu oʻzgarish natijasida endilikda bitta avtomobil oldi-sotdisini notarial tasdiqlash xarajatlari oʻrtacha 1 million soʻm atrofida kamayishiga erishiladi. Narxi qimmat avtomobillarda esa bundan ham koʻproq tejab qolinadi.

 

Maʼlumotlarga koʻra, bugungi kunda mamlakatda bir yil davomida oʻrtacha 400 mingdan ziyod ikkilamchi avtomobil oldi-sotdilari amalga oshiriladi.

 

Mazkur qonun loyihasining kuchga kirishi bilan yiliga davlat boji toʻlovlaridan tejalgan 400 milliard soʻm atrofida mablagʻ fuqarolar yonida qolishini anglatadi.

 

Shuningdek, begona shaxsga avtotransport vositasini tassarruf etish huquqi bilan notarial ishonchnoma berish boji ham kamaytirilib, BHM ning 2 barobari (540 ming soʻm) etib belgilanmoqda.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//