Oʻzbekistonda avtomobil tarixiga oid maʼlumotlarni aniqlash boʻyicha davlat xizmati yoʻlga qoʻyiladi

Saqlash
23:26 / 09.03.2022 1022 0

Hukumat qarori bilan “Avtomobil tarixi” maʼlumotlarini taqdim etish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

 

Qarorga koʻra, 2022-yil 1-maydan:

 

“Avtomobil tarixi” maʼlumotlarini shartnomaviy asosda DXM, YAIDXP (my.gov.uz) yoki veb-saytlar va ularning ilovalari orqali aniqlash boʻyicha davlat xizmati yoʻlga qoʻyiladi;

 

avtotransportni texnik koʻrikdan oʻtkazish jarayonida avtotransportning bosib oʻtgan masofasi haqidagi maʼlumotlar, jumladan, texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi tadbirkorlar tomonidan ham majburiy tartibda axborot tizimiga kiritiladi.

 

“Avtomobil tarixi” maʼlumotlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

 

avtotransportning agregat maʼlumotlari;

 

bosib oʻtgan masofasi;

 

shartnoma tuzilganligiga oid maʼlumotlar (ishonchnoma, ijara, hadya);

 

yoʻl-transport hodisasi sodir etilganligi;

 

qoidabuzarliklar holati;

 

garovga qoʻyilganlik holati;

 

taqiq borligi yoki yoʻqligi;

 

bojxona rasmiylashtiruviga oid maʼlumot;

 

litsenziya olinganlik holati (yoʻlovchi tashish uchun).

 

Davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnoma toʻldiriladi (DXM, YAIDXP, veb-sayt yoki ilova orqali).

 

Davlat xizmati uchun BHMning 10 foizi (27 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.

 

Maʼlumotlar real vaqt rejimida tayyorlanadi va ariza beruvchiga taqdim etiladi.

 

Maʼlumotnoma shaxsga doir maʼlumotlar oshkor etilmagan holda beriladi (avtotransport mulkdori tomonidan oʻz “Avtomobil tarixi”ni bilish uchun yoʻllangan soʻrovnomalar bundan mustasno).

 

Maʼlumotnoma axborot xususiyatiga ega boʻlib, kelgusida rasmiy harakatlarni amalga oshirish uchun asos boʻlmaydi.

 

Ariza beruvchilar Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtgan istalgan avtomobil haqida maʼlumot olishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//