Jamiyat
Kelgusi besh yilda aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash 90 foizga, oqova suv tizimi qamrovi esa 35 foizga yetkaziladi. Bu haqida “Oʻzsuvtaʼminot” AJ Investitsiya va investitsion loyihalarni amalga oshirish departamenti boshligʻi Anvar Hakimov maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, 2022-yilda ham sohani rivojlantirish maqsadida xalqaro moliya institutlari ishtirokida 18 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.
Ushbu loyihalar Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki, Islom taraqqiyot banki, Saudiya taraqqiyot va OPEK jamgʻarmalarining 1 milliard 800 million dollarga yaqin qarz mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi koʻzda tutilgan.
Oʻtgan yili xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan qariyib 290 kilometr ichimlik suvi tarmogʻi, 1 ta suv tozalash inshooti, 16 ta suv taqsimlash inshooti, 9 ta suv qudugʻi va 17 ta suv minorasi qurilgan.
Shuningdek, 125 kilometrdan ziyod oqova suv tarmogʻi, 1 ta oqova suv tozalash inshooti va 5 ta oqova suv nasos stansiyasi foydalanishga topshirilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q