Madaniyat
“Xotin-qizlarni e’zozlash haftaligi”ni o‘tkazish bo‘yicha Farg‘ona viloyatining hududlarida keng ko‘lamli targ‘ibot bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
Haftalik jarayonida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov, Farg‘ona viloyati bo‘limi rahbari Xursanoy Islamova va hamkor tashkilotlar bilan viloyat hududlarida yashovchi yoshi ulug‘ onaxonlar holidan xabar olinib, bayram sovg‘alari topshirildi.
Shuningdek, “Fayz” tantanalar majmuasida “Ayolni e’zozlash – ezgulik va adolat mezoni” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi. Tantanada munis onaxonlar, xotin-qizlar, turli sohalarda samarali mehnat qilib kelayotgan ayollar, mehnat faxriylari ishtirok etdilar. Estrada xonandalari tomonidan yangragan kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Viloyat hokimligi tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari tarqatildi.
Joylarda bayram tadbirlari davom etmoqda.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
112146
Jamiyat
94831
Jamiyat
90885
Jamiyat
75677
Jamiyat
//
Izoh yo‘q