Jamiyat
4-mart holatiga koʻra, Ukrainadan umumiy hisobda 11 ta aviareys bilan 2 579 nafar vatandoshimiz qaytarildi. Shuningdek, bugun yana Katovitse aeroportidan uchta qoʻshimcha parvoz kutilmoqda. Bu haqida Tashqi mehnat migratsiya agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, ayni vaqtda Polsha hududida 1 480 dan ortiq fuqaromiz bor. Ulardan 700 nafari Polsha davlat chegarasidagi toʻplanish nuqtasiga, 780 nafari esa Katovitse aeroportiga joylashtirilgan.
Mutaxassislarning fikricha, Oʻzbekiston oʻz fuqarolarini jangovar harakatlar zonasidan olib chiqish boʻyicha tezkor ishlarni yoʻlga qoʻygan sanoqli davlatlar safiga kirdi. Barcha qaytarish reyslari bepul amalga oshirilmoqda.
Polshadagi Oʻzbekiston elchixonasining maʼlumotlariga koʻra, Katovitse aeroporti bugungi kunda odamlar bilan toʻlgan. Diplomatlarimizning saʼy-harakatlari natijasida Oʻzbekiston fuqarolari sharoitlar yaratilgan, shu jumladan ular issiq ovqat bilan taʼminlangan. Shahar maʼmuriyati tomonidan aeroport binosiga kirish va yoʻlovchilarni roʻyxatga olish uchun soddalashtirilgan tizim ishga tushirilgan. Jamoat tartibi politsiya va mahalliy koʻngillilar tomonidan nazorat qilinmoqda. Bolali ayollar va keksalar uchun maxsus koridor tashkil etilgan. Barcha fuqarolarga oldindan tayyorlangan roʻyxatlar asosida xizmat koʻrsatilmoqda.
Vazirlik yurtdoshlarimizdan xotirjamlikni saqlashi, vahimaga berilmasliklari, provokatsiyalar va ziddiyatli vaziyatlarga uchmasliklarini soʻragan. “Ishontirib aytamizki, barcha fuqarolar mamlakatimizga qaytariladi”, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q