Jamiyat
Namangan eng ko‘p gul ekish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi.
Xabarga ko‘ra, Xalqaro gullar festivali doirasida o‘tgan yili viloyat bo‘yicha jami 100 million tup gul ko‘chati ekilgan edi. Bu yil esa ushbu miqdor 150 million tupga yetkazilgan. Natijada Namangan “Jamoa bo‘lib bir oy davomida eng ko‘p ekilgan gullar” yo‘nalishida Ginnes rekordini o‘rnatgan.
Maxsus sertifikatni Ginnes rekordlari kitobi rasmiy vakili va hakami Sheyda Subashi viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqovga tantanali ravishda topshirgan.
Shu hisobda, Namangan eng ko‘p gul ekish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatgan hudud sifatida tarixga kirdi.
Ma’lumot uchun, joriy yil viloyatda 65-Xalqaro gullar festivali nishonlandi.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
112370
Jamiyat
95034
Jamiyat
91233
Jamiyat
75942
Jamiyat
//
Izoh yo‘q