Iqtisod
Yangi avtomobillar uchun shartnoma tuzish boshlanganligi haqidagi xabardan soʻng bir necha soat ichida 13 203 ta avtomobilga shartnoma tuzilgan. Bu haqida “UzAuto Motors” axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Chevrolet Lacetti avtomobili uchun 6.300 ta va Chevrolet Cobalt modeli uchun 4 700 ta shartnoma tuzilgan. Ushbu avtomobil modellari xaridorlar orasida eng ommabop modellar boʻlgan.
Shuningdek, “Chevrolet Traverse” va “Tahoe” avtomobillarini xarid qilish uchun arizalar qabul qilish boshlanganidan soʻng, dastlabki 20 daqiqada kompaniyaga 200 dan ortiq buyurtmalar kelib tushgan. Ushbu avtomobillarga ariza qabul qilishning ilk kuni natijalariga koʻra, 320 dan ortiq buyurtmalar olingan.
Eslatib oʻtamiz, 3-mart kuni “UzAuto Motors” avtomobillari uchun shartnoma tuzish boshlangandi. Shuningdek, kompaniya oldindan toʻlov miqdorini 85% dan 50 % ga tushirgan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q