“UzAuto Motors” yangilangan Chevrolet Traverse va Tahoe modellarini sotuvga chiqardi (foto)

Saqlash
12:03 / 03.03.2022 960 0

“UzAuto Motors” yangilangan Chevrolet Traverse va Tahoe modellariga sotuv boshlanganini eʼlon qildi. Yangilangan Premium avtomobillar yoqimli sayohatlar uchun qulay va eng ilgʻor xavfsizlik xususiyatlariga ega boʻlganligi bilan oldingilaridan farq qiladi.

 

Taʼkidlanishicha, Chevrolet Tahoe 2022ning uzunligi besh metrdan oshiq va yonilgʻi sarfini kamaytirish uchun zamonaviy 5,3 litrli dvigatel hamda 10 pogʻonali avtomatik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Chevrolet Tahoe dvigateli 343 ot kuchiga ega boʻlib, 512 Nm maksimal aylanish momenti- 8 soniyada 100 km/sgacha tezlanadi.

 

 

 

Chevrolet Tahoe “Magnetic Air Ride Control” pnevmatik osma tizim bilan jihozlangan. Avtomobil har qanday sharoitda qoʻllanilishidan qatʼiy nazar har qulay harakatlanishni taʼminlaydi. Avtomatik kruiz-kontrol tizimi avtomobilni harakatlanish qatorida ushlab turib, doimiy barqarorligini taʼminlaydi hamda toʻsatdan toʻsiq paydo boʻlganda avtomatik tarzda tormoz tizimini faollashtiradi.

 

 

 

Yangi Chevrolet Tahoe 2022 10,2 dyumli sensorli axborot-koʻngilochar ekraniga ega. Shuningdek, unga 9 ta kalonkadan iborat premium “Bose” dinamiklari ulangan. Ekranda avtomobil holatini 360 gradusda koʻrish mumkin.

 

Shuningdek, Chevrolet Traverse 3.6 litrli V6 dvigateli 318 ot kuchiga ega boʻlib, 7.6 soniyada 100km/s gacha tezlanish bilan avtomobilni qulay boshqarishni hamda yoqilgʻi tejamkorligini taʼminlashi maʼlum qilindi.

 

 

Yetti oʻrindiqli avtomobil rangli 8 dyumli sensor ekran 10 ta kalonkadan iborat premium “Bose” dinamikli multimedia tizimiga ega.

 

 

 

Qayd etilishicha, yangilangan Chevrolet Traverse va Chevrolet Tahoe 2022 modellari uchun bugundan boshlab shartnoma tuzish mumkin.

 

Mashinalarning narxlari quyidagicha belgilangan:

Chevrolet Traverse 2022-yil model:

- Boshlangʻich komplektatsiya: 408 009 595 soʻm.

- Premiyer AT MY22 komplektatsiya: 563 130 435 soʻm.

 

Chevrolet Tahoe 2022-yil modeli:

– Boshlangʻich komplektatsiya: 519 728 198 soʻmdan.

– RST AT MY22 komplektatsiya: 823 913 043 soʻm.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish