“Kundalik” platformasidagi axloqqa zid reklama olib tashlandi

Saqlash
23:01 / 01.03.2022 865 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Kundalik raqamli taʼlim platformasida ayollar gigiyenik vositasining reklamasi joylashtirilgani haqida tanqidiy xabarlar tarqalgan edi. Ushbu holat yuzasidan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Xalq taʼlimi vazirligi chora koʻrishi kerakligini taʼkidlagan, ammo vazirlik hozirga qadar hech qanday izoh bermagan.

 

Ammo mazkur holatni Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi oʻrganib chiqib, munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq, qonuniylik, aniqlik, ishonchlilik, reklamadan foydalanuvchiga zarar, shuningdek, maʼnaviy zarar yetkazmaydigan shakllar va vositalardan foydalanish reklamaga doir asosiy talablardan biri hisoblanadi.

 

Shuni inobatga olgan holda hamda oʻsib kelayotgan yosh avlodga reklama taʼsirida maʼnaviy zarar yetkazilishining oldini olish maqsadida agentlik tomonidan “Kundalik” MCHJ voyaga yetmagan shaxslarga moʻljallanmagan mahsulotlarning reklama va marketingiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha soʻrov xati yuborilgan.

 

Natijada mazkur reklama “Kundalik” platformasidan olib tashlanishiga erishilgan.

 

Shuningdek, xabarda Reklama qoidalariga mos boʻlmagan reklamalarga duch kelinganda Agentlik tomonidan yaratilgan “bexato_reklama.bot” botiga murojaat qoldirilishi soʻralgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//