Jamiyat
28-fevral kuni Oliy Majlis Senatining Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi bilan hamkorlik boʻyicha komissiyasining birinchi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda Senat raisi Tanzila Norboyeva odamlarni tanib oluvchi texnologiyaning joriy etilishi haqida fikr bildirdi.
Senat raisi Tanzila Norboyeva ichki ishlar organlari xodimlariga yuzni tanib olish va barmoq izini aniqlash dasturiga ega planshetlar berilayotganini qoʻllab-quvvatladi. “Ushbu tizim jinoyatchi, qochoq, bedarak yoʻqolgan shaxslarni topishda qoʻl kelishi butun dunyoda isbotini topgan”, degan u.
Yigʻilishda mazkur loyihani IIV Kiberxavfsizlik markazi bosh mutaxassisi Muhsinjon Sultonov taqdimot qildi. Uning aytishicha, tizim sunʼiy intellekt asosida ishlaydi. U dastlab foto-video maʼlumotlarni sunʼiy intellekt yordamida tahlil qiladi va shaxs yuzini ajratib oladi. Ajratib olingan yuz tasvirini biometrik maʼlumotlar bazasidagi shaxslarning tasvirlari bilan taqqoslaydi. Tahlil natijalarini maʼlumotlar bazasiga qayd etadi.
Tizim maʼlumotlar bazasi quyidagilardan tashkil topadi:
videokuzatuv kameralari tasvirlari;
ijtimoiy tarmoqlardagi foto-videolavhalar;
bodikameralardagi videotasvirlar;
mobil telefonlardagi foto-videotasvirlar.
Biometrik maʼlumotlarga asoslangan yuzni aniqlash va nazorat qilish kompleks tizimi oʻz ichiga 7ta dasturni qamrab oladi:
shaxs yuzini tanib olish.
karantin qoidalarini nazorat qilish;
ommaviy tartibsizliklar tashkilotchilari;
huquqbuzarliklarni aniqlash dasturi;
soxta yuz tasvirini aniqlash;
profayling tahlil;
ijtimoiy muhandislik yordamida shaxsning psixologik portretini shakllantirish.
Muhsinjon Sultonovga koʻra, shaxsning psixologik portretini shakllantirish – oʻz joniga qasd qilish, turli jinoyatlar sodir etishga qoʻl urmoqchi boʻlgan shaxslarni yuz ifodasidan ajratib olib, bunday holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q