Jamiyat
Sogʻliqni saqlash vazirligi aholini firibgarlardan ehtiyot boʻlishga chaqirdi. Xabarda qayd etilishicha, vazirlik nomidan soxta sahifa ishga tushirilgan.
Ushbu sahifa vazirlikning rasmiy veb-sayti bilan bir xil dizaynda tayyorlangan va uning asosiy fonida vaksina olganlarga 750 ming soʻm miqdorida pul mablagʻi berilishi aytilgan. Buning uchun shaxsiy maʼlumotlarni kiritish soʻralgan.
Sogʻliqni saqlash vazirligi ushbu sahifa hech qanday rasmiy asosga ega emasligini maʼlum qildi.
Shuningdek, vazirlik aholidan bu kabi feyk xabarlarga ishonmaslikni, vaksinatsiya jarayonlari bilan bogʻliq eng toʻgʻri maʼlumotlarni rasmiy ssv.uz sayti hamda telegramdagi https://t.me/ssvuz, https://t.me/ssvmatbuotkotibi sahifalari orqali olishlari mumkinligini eslatib oʻtgan.
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Sport
Jamiyat
112460
Jamiyat
95126
Jamiyat
91368
Jamiyat
76044
Jamiyat
//
Izoh yo‘q