Jamiyat
Taʼkidlanishicha, Polshaning Katovitse shahridan hamyurtlarimizni olib kelgan ikkinchi maxsus samolyot 1-mart kuni soat 9:15 da poytaxt Toshkentga kelib qoʻngan.
Ayni paytgacha Ukrainadan jami 509 nafar Oʻzbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi.
Qayd etilishicha, hozir “Karchova” nazorat-oʻtish punktidagi toʻplanish joyida boʻlib turgan 650 dan ziyod fuqarolarimiz uchun barcha zarur sharoit yaratilgan. Ularni olib kelish uchun yana qator evakuatsion reyslar tashkil etish koʻzda tutilmoqda.
Oʻzbekistonning Polshadagi elchixonasi xodimlari fuqarolarning aeroportda boʻlib turishlarini muvofiqlashtirmoqda. Elchixonada uzluksiz ishlaydigan tezkor shtab tashkil etilgan.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112041
Jamiyat
94729
Jamiyat
90741
Jamiyat
75550
Jamiyat
//
Izoh yo‘q