Madaniyat
2015-yili O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi hamkorligida Zulfiya hayoti va ijodiga bag‘ishlab yaratilgan veb-saytning taqdimoti bo‘lib o‘tgan edi.
Taqdimotda saytning o‘zbek, rus, ingliz tillarida yaratilgani; 10 bo‘lim, 20 rukndan iborat bo‘lib, mingga yaqin ma’lumot, shoira she’rlarining matnlari, audio va video materiallar, 100 dan ortiq fotosurat joylangani aytilgan.
Ayni paytda esa zulfiyaxonim.uz sayti ishlamayapti. Internet tarmog‘iga Zulfiyaxonim haqida qidiruv berilganda asosiy ma’lumotlar Xurshid Davron kutubxonasi, ziyouz.uz, saviya.uz kabi nodavlat resurslardan chiqib keladi. E’tiborli tomoni, bu saytlar shaxsiy bo‘lib, muallifning mehnati mahsuli. Ularga davlat mablag‘i sarflanmagan.
Biroq davlat byudjeti mablag‘i hisobiga yaratilgan, o‘zbek shoirasi haqidagi zulfiyaxonim.uz saytning “umri” 7 yilga ham bormadimi? Yoki endi bu sayt uchun ehtiyoj yo‘qmi? Sayt yaratish uchun ketgan vaqt, mehnat, mablag‘ havoga uchdimi? Savollar javobsiz.
Ma’lumot uchun: global axborot makonida o‘zbek tilidagi kontent jami ma’lumotlarning 0,1 foizdan ham kamrog‘ini tashkil etib, jahon miqyosida 51-o‘rinda turadi. Boshqacha qilib aytganda, internetdagi har mingta maqolaning bittaginasi o‘zbek tilida.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q