Mahalla raisi tadbirkordan 100 milliondan ortiq pora olgani aniqlandi

Saqlash
14:32 / 01.03.2022 813 0

Namangan viloyati Chust tumanida tadbirkorning 118 million soʻm pulini qoʻlga kiritgan mahalla raisi aniqlandi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.

 

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chust tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan. Tekshiruv natijasida tumandagi “Yu.” MFY raisi B.S. “G.B.» MCHJ rahbari Gʻ.ning “Sogʻlomlashtirish va sport markazi” qurish niyatida yurganini bilib, unga qurilish ishlari uchun 475 mln soʻm subsidiya mablagʻini olib berishini aytgani aniqlangan.

 

Mahalla raisi “G.B.» MCHJni subsidiya oluvchi tadbirkorlik subyektlari roʻyxatiga kiritilgani haqida soxta maʼlumot kiritilgan hujjatni taqdim etish orqali ishonchiga kirib, tadbirkor Gʻ.ning 118 mln soʻmini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan.

 

“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//