Jamiyat
Oʻzbekiston elchixonasiga tegishli boʻlgan mikroavtobus Oʻzbekiston fuqarolarini Xarkovdan evakuatsiya qilayotgan paytda shrapnel (dumaloq oʻqlar bilan toʻldirilgan artilleriya snaryadi) parchasi kelib urilgan. Bu haqida Oʻzbekistonning Ukrainadagi elchisi Alisher Kurmanov “Daryo” nashriga bergan intervyusida maʼlum qildi.
«Xarkovda elchixonaga tegishli diplomatik mikroavtobusning oldi oynasiga, yon tomonni koʻrsatuvchi oynalariga snaryad parchasi zarar yetkazgan. Shrapnel tushgan deyishdi.
Diplomatimiz talabalar bilan birgalikda poyezdga chiqib, Lvovga yetib olishi kerak edi. Xarkovdan mashinada chiqib ketish judayam qiyin va xatarli edi. Mashinada yetib borolmasdik. Biz imkon qadar manzilga tez borishimiz kerak edi. Mashinaga zarar yetgan, uning ustiga yonilgʻi ham tugagandi. Shu sababli mikroavtobusni vokzalda qoldirdik», — dedi Alisher Kurmanov.
Elchining soʻzlariga koʻra, vaziyat tinchiganidan soʻng oʻzbek diasporasi vakillaridan mashinani boshqa joyga olib qoʻyish iltimos qilinadi.
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Sport
112460
Jamiyat
95126
Jamiyat
91368
Jamiyat
76044
Jamiyat
//
Izoh yo‘q