Iqtisod
Prezidentning 21.02.2022-yildagi “Avtotransport vositalarining ichki bozorini rivojlantirishni ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-137-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Import bojxona bojlari stavkalariga (Prezidentning 29.06.2018-yildagi PQ-3818-son qaroriga 1-ilova) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Shunday qilib, 2022-yil 22-fevraldan boshlab Oʻzbekiston bojxona chegarasidan olib oʻtish vaqtida ishlab chiqarilganiga bir yildan oshmagan yangi transport vositalari uchun bojxona boji stavkasi ikki barobarga pasaytirildi. 2023-yil 1-yanvardan esa dvigatel hajmi (kub.sm) uchun hisoblanadigan bojxona bojining xos stavkasi xos stavkaning pasaytirilgan summasiga nisbatan 17-50%ga pasaytiriladi.
Boshqa barcha yangi transport vositalari uchun bojxona boji stavkalari oʻzgarishsiz qoldirilmoqda. Respublika bojxona chegarasidan olib oʻtish vaqtida ishlab chiqarilganiga 1 yildan 3 yilgacha boʻlgan transport vositalari shular jumlasiga kiradi.
Misol: Renault KWID MT5/0,8L (dvigatel hajmi – 800 kub.sm)ning oʻrtacha qiymati $7 000 miqdorida boʻlganda:
amaldagi boj stavkasida (30%+1,8 sm3) $3 540 ga teng boʻladi;
2022-yil 22-fevraldan boshlab boj stavkasida (15%+0,8 sm3) $1 690 ga teng boʻladi;
01.01.2023-yildan boshlab boj stavkasida (15%+0,4 sm3) $1 370 ga teng boʻladi.
Natijada, bojxona va boshqa majburiy toʻlovlarni hisobga olgan holda Renault KWID MT5/0,8L avtomobilining qiymati taxminan:
amaldagi stavkada - $12 893;
2022-yil 22-fevraldan - $10 765 (-16,5%);
01.01.2023-yildan - $ 10 398 (-19,4%) ni tashkil qiladi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q