Jamiyat
Meʼyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portalida Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahrida namunaviy dizayn asosida avtobus oraliq bekatlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori muhokamaga qoʻyildi.
Hokimlik axborot xizmati maʼlum qilishicha, shahar aholisi va unga tashrif buyuruvchi mehmonlarga qulayliklar yaratish maqsadida bekatlarni namunaviy loyiha asosida tashkil etish taklif etilmoqda.
Ishlab chiqilgan namunaviy loyihalar asosida Toshkent shahridagi 280 ta avtobus bekatlari 2022-yil yakuniga qadar elektron onlayn auksion savdolariga joylashtirilishi rejalashtirilmoqda.
2022-yil 1-sentyabrga qadar savdo va maishiy xizmat koʻrsatish obyektlari mavjud boʻlgan amaldagi avtobus bekatlarida yoʻlovchilar, shu jumladan, aholining imkoniyati cheklangan guruhlari uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish choralari koʻrilishi ham belgilangan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jahon
Jahon
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Dilfuza
12:01 / 01.01.1970
Ohhuuu ajoyibku, hop Samarqandda qachon boʻlarkan bunaqa bekatlar? Qachongadir rejalar qilinyapti?😊