Jamiyat
Xalq taʼlim vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamova ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ayrim oʻqituvchilarning savodsizligini tanqid qildi.
Rustamovaning qayd etishicha, kuniga ishi yuzasidan koʻplab oʻqituvchilar bilan suhbatda boʻladi. Bugungi muloqotlardan keyin xafa boʻlib ketgan.
U xalq taʼlimi tizimiga kelishidan oldin oʻqituvchilar hech qachon xato qilmaydigan va xato qilishi mumkin boʻlmagan insonlar deb hisoblagan. Keyin esa ayrim oʻqituvchilarning oddiy soʻzlarni ham yozishni bilmasligiga yoxud adabiy til meʼyorlariga amal qilmagan holda yozishlariga guvoh boʻlgan.
«Bugungi oʻqituvchiga bir necha bor xato bilan yozayotganini aytishimga qaramay, «shoshkanda xato qivotganini» aytdi, lekin Toshkent soʻzini bir necha bor «Toshken» deb yozgani jonimdan oʻtkazvordi. Uning aytishicha, «Toshkenli boʻganiga Telegramda adabiy yozmirkan, u haqda sal voxli xulosa chiqaripman».
Aytingchi, oʻqituvchi qayerda va kimga yozsa ham, shunday xato qilib yozishga haqli deb oʻylaysizmi? (Oʻqituvchi vazirlikka shunday xato bilan yozyapti, bolalarga qanday oʻrgatishini oʻylashga ham qoʻrqadi odam).
Yuqoridagi kabi oʻqituvchilar duch kelganida tajribali, oʻz ishlarini sidqidildan ado etadigan va yillab mehnat qilsa ham hech kimdan hech narsa davo qilmaydigan ustozlarimiz borligidan xursand boʻlaman va ularning mehnatlarini qadrlashimiz qanchalik muhimligiga yana bir bor amin boʻlaman», deya yozadi Laylo Rustamova.
Matbuot kotibi bugun maktabga qadam qoʻyayotgan yosh muallimlardan hayotlarini ulugʻ kasb bilan bogʻlagan ekan, shunga munosib boʻlishlarini, kelajak avlod taqdiri ularning qoʻlidaligini unutmasliklarini, ustozlarning har bir xatosi butun boshli avlodning savodiga va bu orqali kelajagiga taʼsir qilishini eslatgan.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q