Iqtisod
2021-yilda xalq taʼlimi muassasalarida 91,1 mlrd soʻmlik moliyaviy xato-kamchilik aniqlangan. Bu haqida AOKAda Xalq taʼlimi vazirligi mutasaddilari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida xabar berildi.
Qayd etilishicha, 2021-yilda xalq taʼlimi muassasalarida 91,1 mlrd soʻmlik moliyaviy xato-kamchilik aniqlangan, shundan 27,1 mlrd soʻm noqonuniy oʻzlashtirilgan. Misol uchun, Andijon shahrida xodimlarning daromad soligʻini davlat byudjetiga oʻtkazmasdan, tizimda ishlamaydigan begona shaxslarning plastik kartalariga oʻtkazish orqali 11,5 mlrd soʻm mablagʻ oʻzlashtirilgani aniqlangan.
Tarkibida jinoyat alomatlari boʻlgan 161 ta 76 mlrd soʻmlik oʻrganish materiallari qonuniy choralar koʻrish maqsadida huquq-tartibot organlariga taqdim etilgan.
Shuningdek, joriy yilning I choragi davomida Xalq taʼlimi vazirligi tizimida qonun buzilish holatlarini aniqlash hamda korrupsiyaga oid xatti-harakatlarni oldini olish maqsadida Hisob palatasi, Bosh Prokuratura, Moliya vazirligi bilan birgalikda kompleks oʻrganish tadbirlari oʻtkazilishi belgilangan.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q