
Jamiyat
Samarqand shahrida 23-fevral kuni lift va u yerda oʻrnatilgan kuzatuv kamerasiga tupurgan shaxsga jazo tayinlandi. Bu haqida Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, shu kuni Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi X.J. (1993-yilda tugʻilgan) mast holatda Samarqand shahar Qorasuv mavzesidagi 83-koʻp qavatli uyning liftiga va u yerda oʻrnatilgan kuzatuv kamerasiga tupurib, jamiyatda oʻrnatilgan yurish-turish qoidalarini qasddan buzgan.
Sodir etgan qoidabuzarligi uchun unga nisbatan Jinoyat ishlari boʻyicha Samarqand shahar sudi tomonidan 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q