Jamiyat
Navoiy viloyati Zarafshon shahrida bogʻcha tarbiyachilari koʻp qavatli uylarning podyezdini yuvishga jalb qilingan edi. Viloyat bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi holatni oʻrganib, bu boʻyicha maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, fuqarolar koʻp qavatli uylarning zinapoyalarini tozalash ishlariga majburiy jalb etilgan. Zarafshon shahar maktabgacha taʼlim boʻlimi mudiriga Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 51-moddasi (Mehnatga maʼmuriy tarzda majburlash)ga asosan maʼmuriy jarima qoʻllanilgan va xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish hamda qonun buzilishlarining oldini olish boʻyicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.
«Hurmatli yurtdoshlar, mehnat munosabatlariga oid murojaatlar yuzasidan Davlat mehnat inspeksiyasining 1176 qisqa raqamlariga, vazirlikning 71-200-06-00 ishonch telefoniga hamda www.dmi.mehnat.uz saytiga murojaat qilishingiz mumkin. Shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi», deyiladi xabarda.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112041
Jamiyat
94729
Jamiyat
90741
Jamiyat
75550
Jamiyat
//
Izoh yo‘q