Jamiyat
Kodlarni klonlashtiruvchi moslamalar — plastik kartalardagi pullarni talon-taroj qilishning yangi usuli sifatida xavf tugʻdirishi mumkin. Bu haqida AOKAda IIV mutasaddilari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.
Qayd etilishicha, hozirda bank plastik kartalardagi pullarni plastik orqali talon-taroj qilish holatlari kuzatilayotgan boʻlsa, kelajakda bunday plastik kodlarini klon qiluvchi moslamalar kirib kelishi va bu orqali plastik kartalarni klonlarini qilish holatlari kuzatilishi mumkin. Va bunday holatlarda aksariyat jinoyatchi maʼlum boʻlmaydi.
“Axborot texnologiyalari yordamida sodir boʻladigan jinoyatlarning 60 foizida dastlab jinoyatchini aniqlab boʻlmaydi. Bu yerda faqatgina oqibat koʻrinadi. 30 foizida qaysi yoʻllar bilan qilingani maʼlum boʻladi”, - degan Ulugʻbek Avilov.
.jpg)
Shuningdek, bolalarning internetdan foydalanish imkoniyatlari kengayishi kibermakonda bolalarga nisbatan zoʻravonlik xavfini keltirib chiqarmoqda.
“Bolalarning internetdan foydalanish imkoniyatlarining kengayishi ham kibermakonda bolalarga zoʻravonlik, jumladan, jinsiy zoʻravonlik va ekspluatatsiya qilishning turli shakllari xavfini keltirib chiqarmoqda” — deya taʼkidlagan IIV Kiberxavfsizlik markazi boshligʻi Behzod Mamajonov.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
112460
Jamiyat
95126
Jamiyat
91368
Jamiyat
76044
Jamiyat
//
Izoh yo‘q