Iqtisod
Prezidentning Navoiy viloyatiga “erkin iqtisodiy zona” maqomini berish toʻgʻrisidagi topshirigʻi bilan xorijlik investorlar bilan elektrokar zavodi qurish boʻyicha kelishuvga erishildi. Bu haqida “Xalq soʻzi” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, hududdagi yuzga yaqin korxonaga 120 dan ortiq loyiha boʻyicha erkin iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomi berilgan. Mazkur loyihalarning umumiy qiymati qariyb 1 milliard dollar atrofida boʻlib, shundan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar salkam 300 million dollarni tashkil etadi. Shu kunga qadar faoliyatini toʻliq boshlagan loyihalar asosida 5 mingdan ortiq doimiy ish oʻrinlari yaratilgan.
Eksportchilar uyushmasi raisi Sardor Gʻaffarovning tashabbusi bilan AQSH va Koreyadan investorlar taklif etilib, viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Normat Tursunov tomonidan qabul qilingan.
Muzokaralar davomida amerikalik investor Isaak Tomas bilan Navoiyda elektrokar zavodi qurilishiga kelishilgan. Shuningdek, koreyalik investorlar bilan oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha bir qator loyihalar muhokama qilingan. Shu asosda hududning eksport imkoniyatini oshirishga yoʻnaltirilgan bir qator mega loyihalarga start beriladi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q