Siyosat
Bugun Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpogʻistonga tashrifi boshlandi. Prezident samolyoti ilk marta Moʻynoq aeroportiga qoʻndi.
Ayni vaqtda Prezident 30 yildan soʻng faoliyati tiklangan aeroportda faollar bilan suhbatlashmoqda. Davlat rahbari Toshkentdan Qoraqalpogʻistonga borib ishlayotgan tibbiyot sohasi vakillarining maoshiga qoʻshimcha ustamlar toʻlanishi haqida gapirdi.
“Agar Toshkentdan tibbiyot sohasi vakillari Qoraqalpogʻistonga kelib ishlasa, ularning oylik maoshiga 100 foiz ustama haq toʻlaymiz. Agar Moʻynoqqa kelib ishlasa ustama, ikki baravar boʻladi“, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident bu yoʻnalishda qaror ishlab chiqish boʻyicha topshiriq berdi.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
112460
Jamiyat
95126
Jamiyat
91368
Jamiyat
76046
Jamiyat
//
Izoh yo‘q