Iqtisod
Hukumat qarori bilan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida yagona nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, litsenziya olish talab qilinadigan 28 ta faoliyat (jumladan, nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish, moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini asrash, turizm faoliyati, Xususiy bandlik agentliklarining Oʻzbekistondan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha faoliyat, dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish va boshqa faoliyatlar) “Litsenziya” axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali litsenziyalanadi.
Talabgor litsenziya olish uchun ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlarni “Litsenziya” AT yoki YAIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
Arizalar “Litsenziya” AT yoki YAIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qati nazar har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Arizaga kiritilgan maʼlumotlar “Litsenziya” AT orqali idoralararo hamkorlik tizimlarida mavjud maʼlumotlar asosida dastlabki tarzda avtomatik ravishda taqqoslanadi va tekshiriladi.
Yigʻim toʻlanganidan soʻng ariza va unga ilova qilingan hujjatlar “Litsenziya” AT yoki YAIDXP orqali avtomatik tarzda litsenziyalovchi organga yuboriladi.
Litsenziyalovchi organ litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni “Litsenziya” AT orqali qabul qiladi.
Qaror “Litsenziya” AT orqali real vaqt rejimida avtomatik tarzda talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Litsenziyalovchi organ arizani oʻz muddatida koʻrib chiqib talabgorga litsenziya berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilmasa, talabgor bu haqida litsenziyalovchi organni “Litsenziya” AT yoki YAIDXP orqali elektron shaklda xabardor qilgan holda litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega boʻladi.
Litsenziya berishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
litsenziya berilishi uchun zarur boʻlgan hujjatlarning talabgor tomonidan toʻliq taqdim etilmaganligi;
talabgorning litsenziya talablari va shartlariga muvofiq emasligi;
talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda yolgʻon yoki notoʻgʻri maʼlumotlarning mavjudligi;
oʻrganishlar, tadqiqotlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlarning yakunlari boʻyicha asoslangan salbiy xulosa olinganligi.
Boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan, litsenziya berish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Mazkur qaror 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q