Jamiyat
Toshkent shahar Shayxontohur tumanlararo fuqarolik ishlari boʻyicha sudi tomonidan Orazimbetov Quanishbay Kelimbetovich Nukus davlat pedagogika instituti rektori lavozimidan gʻayriqonuniy ravishda ozod qilingani aniqlangan.
Advokat Farxad Romanovga koʻra, 2017-yil Nukus davlat pedagogika instituti rahbar xodimlariga nisbatan Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Ushbu jinoyat ishi yuzasidan institutning shu vaqtdagi rektori Quanishbay Orazimbetov egallab turgan lavozimidan ozod qilingan va jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan mazkur jinoyat ishi qaytadan qoʻrib chiqilganda sobiq rektorning harakatlarida jinoyat alomatlari yoʻqligi aniqlanib, Quanishbay Orazimbetov lavozimiga qayta tiklanish haqida qaror chiqarilgan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jahon
Jahon
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q