Jamiyat
Oʻzbekistonda 23–25-fevral kunlari kuchli yomgʻirlar yogʻishi kutilmoqda. Bu haqida “Oʻzgidromet” xabar berdi.
Joriy yilning 23-25-fevral kunlari kutilayotgan kuchli yomgʻirlar yogʻishi sababli, respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida, jumladan:
Qashqadaryo viloyati: Yakkabog, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzar, Koson, tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, Gʻallorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod, Zafarabod tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqorgʻon tumanlarida;
Samarqand viloyati: Urgut, Samarkand, Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrabot, Kattagoʻrgʻon tumanlarida sel kelishi xavfi eʼlon qilinadi.
“Togʻ oldi va togʻli xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda togʻli xududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini soʻraymiz”, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
112460
Jamiyat
95126
Jamiyat
91368
Jamiyat
76046
Jamiyat
//
Izoh yo‘q