Jamiyat
“Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, quyidagilar tashkil etildi:
Bosh prokuratura tarkibida Yer resurslari talon-toroj qilinishining oldini olish boshqarmasi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalarida Yer resurslari talon-toroj qilinishining oldini olish boʻlimlari.
2022-yil 1-martdan:
aholi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallash va ulardan noqonuniy foydalanish holatlari boʻyicha Bosh prokuratura (1007 qisqa raqami) va Kadastr agentligiga (1097 qisqa raqami) yuborilgan fotosurat va videoyozuvlar belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi;
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimi yordamchilariga oʻz hududida qurilishi boshlangan har qanday bino yoki inshootlarning qonuniyligini aniqlash boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, qurilish va kadastr organlariga soʻrov yuborish huquqi beriladi.
Bunda soʻrovlar 5 ish kunida majburiy tartibda koʻrib chiqilib, qurilishi boshlangan bino va inshootlarga ruxsat beruvchi hujjatlar mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etiladi.
Qarorga koʻra, «Ye-YER NAZORAT” tizimida yer uchastkalari bilan bogʻliq sodir etilgan jinoyatlar boʻyicha maʼlumotlar xaritasi alohida yuritiladi.
2022-yil yakunigacha sinov tariqasida Mirzo Ulugʻbek va Yunusobod (Toshkent shahri) hamda Qibray va Toshkent tumanlari (Toshkent viloyati)da oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalarini hamda noqonuniy bino va inshootlarni kosmik suratlarni qayta ishlash orqali aniqlash choralari koʻriladi.
Shuningdek, mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati organlarining yer uchastkalari berish haqidagi qarorlari quyidagi grafik asosida xatlovdan oʻtkaziladi:
2022-yil 1-maygacha – 2016–2021-yillarda qabul qilingan qarorlar;
2022-yil 1-avgustgacha – 2006–2015-yillarda qabul qilingan qarorlar;
2023-yil 1-yanvargacha – 2006-yilgacha qabul qilingan qarorlar.
Qarorga koʻra:
Qishloq xoʻjaligi vazirligi ekin yerlaridan oqilona va samarali foydalanilishi, rejadagi ekinlarning ekilishi va parvarishlanishi ahvoli boʻyicha har chorakda kamida bir marotaba monitoring oʻtkazadi;
Kadastr agentligi barcha turdagi yer uchastkalari hamda bino-inshootlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazmaslik holatlarini aniqlash, yer uchastkalarining oʻzboshimchalik bilan egallab olinishiga va chegaralarini oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirishga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻradi.
Qaror bilan shuningdek, Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamentida Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish boʻlimi, hududiy tezkor-qidiruv xizmatlarida esa Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish boʻlinmalari tashkil etildi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q