Jahon
Mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Singapurda istiqomat qilayotgan vatandoshimiz, «Credit Agricole» banki xodimi Nurshod Bahromov yurtdoshlarimizga bayram tabrigi yo‘lladi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.
— Mustaqillik, xalqimizga o‘zligini anglash, tarixini chuqur o‘rganish va bilish, madaniy va ma’naviy merosdan bahramand bo‘lish imkoniyatini taqdim etdi. O‘tgan 30 yil davomida mamlakatimiz tarixiy rivojlanish davrini boshdan kechirdi. Turli sohalarda erishgan muvaffaqiyatlarimizning salmog‘i juda katta. Ular xalqimiz farovonligini ta’minlash uchun xizmat qilmoqda. O‘zbekiston iqtisodiyotidagi ko‘rsatkichlar ham yildan yilga yaxshilanib bormoqda.
Turli sohalarda bo‘layotgan yangilanishlar, jumladan, ta’lim sohasidagi islohotlar, Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish yo‘lidagi sa’y-harakatlar, so‘z erkinligini ta’minlashga qaratilgan vazifalar hech birimizni befarq qoldirmaydi. Biz, yosh avlod vakillari ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi muvaffaqiyatlarimiz bundan keyin ham bardavom bo‘lishiga ishonamiz.
Yurtimizdan tinchlik va osoyishtalik arimasin. Barchangizga istiqlolimizning 30 yillik ayyomi muborak bo'lsin! — deydi vatandoshimiz.
Iqtisod
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
112042
Jamiyat
94729
Jamiyat
90743
Jamiyat
75551
Jamiyat
//
Izoh yo‘q