Jamiyat
Andijon shahar prokuraturasi tomonidan olib borilayotgan jinoyat ishi doirasida deputat va shahar hokimi Bahrom Haydarovni tergovga jalb qilish maqsadida Andijon viloyati prokuraturasiga taqdimnoma kiritildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Dastlabki tergov harakatlari davomida Bahrom Haydarov hokimiyat huzuridagi Yer maydonlarini ajratish boʻyicha doimiy ishlovchi maxsus komissiya aʼzolari bilan guruhda Yer kodeksining 17, 23, 62-moddalari, qolaversa, prezident va Vazirlar Mahkamasining qaror hamda farmoyishlariga zid ravishda jismoniy va yuridik shaxslarga auksion orqali oʻzining vakolatidan qasddan foydalanib, yer maydonlarini toʻgʻridan-toʻgʻri ajratilishi haqida mutasaddi mansabdorlarga koʻrsatma bergani aniqlangan.
Bundan tashqari, hokim aslida bekor qilingan hujjatlarni asos qilib koʻrsatgan holda, komissiya dalolatnomalari va yer ajratish toʻgʻrisidagi qarorlariga soxta maʼlumotlar va yozuvlar kiritib, 2019–2020-yillarda yer maydonlarini ajratish toʻgʻrisidagi qaror va farmoyishlarni qabul qilgan.
Taqdimnomaga muvofiq, Bahrom Haydarov jami 8 ta holatda 19 618 kvadrat metr yerni noqonuniy ajratish orqali jami 1 milliard 779 million soʻm minimal auksion bahosi qiymatidagi pul mablagʻlarini davlat byudjetiga undirilmay qolishiga sababchi boʻlgan va davlat manfaatlariga zarar yetkazgan.
Shahar hokimining harakatlarida Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) 2-qismi “a” bandi, 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi “a” bandi va 229-moddasi (oʻzboshimchalik) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlar tarkibi mavjudligi qayd etilgan. Shundan kelib chiqib, unga nisbatan ehtiyot choralarini qoʻllash lozimligi koʻrsatilgan.
Nashrning Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovga tayanib yozishicha, mazkur xat asosida 3-fevral kuni Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashiga taqdimnoma kiritilgan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q