Qashqadaryolik bloger pora bilan qo'lga olindi

Saqlash
14:57 / 22.02.2022 832 0

Qashqadaryo viloyatida faoliyat yurituvchi bloger fuqaroga 3 sotix yer olib berishni vaʼda qilib, kelishilgan pulni olayotgan vaqtida qoʻlga olingan. Bu haqida viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, muqaddam sudlangan M.Sh. shahar va tuman hokimiyatlarida tanishlari koʻpligi haqidagi yolgʻon gaplari bilan mansabdor tanishlari orqali yer maydonlarini olib berishni vaʼda qilgan.

 

“M.Sh. Chiroqchi tumani hokimligidagi tanishi orqali maishiy xizmat koʻrsatishga ajratilgan manzildan 3 sotix yerni olib berish evaziga Qarshi shahridagi choyxonalardan birida fuqaro E.O.dan 7 mln soʻmni firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtda viloyat IIB va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan qoʻlga olindi”, deyiladi xabarda.

 

Mazkur holat yuzasidan fuqaro Sh.Mga 168-modda(firibgarlik), 25-211-moddalar (pora berishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//