Jamiyat
AOKAda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mutasaddilari ishtirokida oʻtgan matbuot anjumanida 2022-yilga sohada amalga oshirilishi belgilangan asosiy vazifalar haqida maʼlumot berildi.
Qayd etilishicha, kasbga oʻqitish koʻlamini 2 barobar oshirish va 2022–2026-yillarda 1 million ishsizni kasbga oʻqitish rejalashtirilgan. Xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻqitish 2 baravarga oshirilib, yiliga 80 mingga yetkaziladi.
Nodavlat taʼlim muassasalari bilan kasb-hunarga oʻqitishda ularning ishtiroki 30 foizga yetkaziladi. 185 ming ishsiz doimiy ish oʻrinlariga, 192 ming nafari haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etiladi. 12 ming nogironligi bor shaxsning bandligiga koʻmaklashiladi. Nogironligi bor shaxslarni ishga olgan korxonalar uchun 25 milliard subsidiyalar ajratiladi.
Migratsiya sohasida 50 ming nafar xorijga ketmoqchi boʻlgan fuqaro kasb-hunar va xorijiy tillarga oʻqitiladi. 21 ming nafar fuqaroga xorijiy davlatlarda tan olinadigan malaka sertifikatlarini olish, yoʻl chiptasini xarid qilish, rivojlangan davlatlar ishchi vizasini olish uchun subsidiya ajratiladi.
160 ming migratsiyadan qaytgan fuqaroning bandligiga koʻmaklashiladi, “Oʻz kelajagim – oʻzim investor” loyihasi doirasida 20 ming nafarini tadbirkorlik faoliyatiga kompleks paket koʻrinishida koʻmaklashishga yordam beriladi
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
112460
Jamiyat
95126
Jamiyat
91368
Jamiyat
76046
Jamiyat
//
Izoh yo‘q