Iqtisod
2022-2026-yillarda «Oʻzbekgidroenergo» AJ jami 868 MVt boʻlgan qoʻshimcha ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushiriladi.
Dasturga koʻra, 15 ta yangi gidroelektr stansiyalarni (GES) qurish va 5 ta mavjud GESlarni modernizatsiya qilish hisobiga yiliga qoʻshimcha 868 MVt elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlari barpo etiladi.
Jumladan:
2022-yilda Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida qoʻshimcha 173 MVt quvvat yaratish boʻyicha 7 ta;
2023-yilda Toshkent viloyatida 1 ta GES modernizatsiyasini yakunlash hamda Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida jami quvvati 29 MVt boʻlgan 2 ta;
2024-yilda Andijon, Namangan, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida 1 ta GES modernizatsiyasini yakunlash hamda jami quvvati 122 MVt boʻlgan 4 ta;
2025-2026-yillarda Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida jami quvvati 544 MVt boʻlgan 4 ta GESlarni ishga tushirish rejalashtirilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q